Uzelning asosiy vazifalari quyidagilar:
- aholi va xoʼjalik subʼektlarini temir yoʼl tashishlariga boʼlgan extiyojini toʼla va oʼz vaqtida qondirish;
- temir yoʼl transporti xizmat koʼrsatiladigan mijozlar yukini oʼz vaktida yuklar butligini taʼminlangan holda manziliga yetkazish;
- temir yoʼl transportining xizmat koʼrsatiladigan hudud doirasida barqaror va xavfsiz ishlashini taʼminlash, foydalanuvchilarga keng koʼlamda temir yoʼl xizmatlarini koʼrsatish;
- joylardagi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan birgalikda temir yoʼl transporti boʼlinmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga doir chora-tadbirlar majmuasini amalga oshirish;
- xizmat koʼrsatiladigan hududdagi temir yoʼl tarmoqlarining barqaror ishlashini hamda temir yoʼllarining oʼtkazish qobiliyatini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- Oʼzbekiston Respublikasi chegaralari orqali yuk va yoʼlovchilarni tashish borasida joylardagi bojxona va soliq organlari, chegara xizmati bilan aniq muvofiqlashtirilgan holda oʼzaro hamkorlikni taʼminlash.